Tergovga qadar tekshiruv jinoyatga oid arizalar, xabarlar va boshqa maʼlumotlarni tekshirish, ularni koʻrib chiqish natijasi yuzasidan qaror qabul qilishga doir tadbirlarni, shuningdek ish uchun ahamiyatli boʻlishi mumkin boʻlgan jinoyat izlarini, narsalarni, hujjatlarni va elektron maʼlumotlarni mustahkamlash va saqlashga doir choralarni oʻz ichiga oladi. Tergovga qadar tekshiruv mazkur Kodeksning 39¹-moddasida koʻrsatilgan organlar tomonidan ushbu Kodeksning 41-bobida belgilangan qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi. Tergovga qadar tekshiruv surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror tomonidan ham olib borilishi mumkin.