Jinoyat sodir etilganligini koʻrsatuvchi maʼlumotlarning bevosita aniqlanishi quyidagi hollarda jinoyat ishini qoʻzgʻatishga sabab boʻlishi mumkin: 1) tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi maʼmuriy vazifani amalga oshirayotganida jinoyatga oid maʼlumotlarni aniqlaganida; 2) surishtiruvchi, tergovchi boshqa jinoyatga doir ish boʻyicha dastlabki tergov yuritish chogʻida jinoyatga oid maʼlumotlarni aniqlaganida; 3) prokuror qonunlarning bajarilishi ustidan nazorat qilish paytida yoki boshqa jinoyatga doir ish boʻyicha dastlabki tergov olib borish chogʻida jinoyatga oid maʼlumotlarni aniqlaganida;