Jinoyat-protsessual kodeksi 354-modda. Dastlabki tergovni tergovchilar guruhiga topshirish

Jinoyat ishi koʻp mehnat talab etsa, juda murakkab yoki oʻta dolzarb boʻlsa, prokuror yoki tergov boʻlinmasining boshligʻi shu ish boʻyicha dastlabki tergov yuritishni doimiy yoki maxsus tuzilgan tergov guruhiga topshirishi mumkin. Bunday topshiriq haqida qaror chiqarilishi lozim boʻlib, unda tergov guruhining rahbari va aʼzolari koʻrsatiladi. Basharti dastlabki tergovni tergovchilar guruhiga topshirish toʻgʻrisidagi qaror jinoyat ishini qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi qaror bilan ayni bir vaqtda qabul qilingan boʻlsa, ikkala masala bir qarorning oʻzida bayon etiladi. Guruh tarkibida oʻzgarishlar boʻlganda va guruh rahbari oʻzgartirilganda ham qaror chiqariladi.