Muayyan sharoitlarda va maqsadlarda koʻzdan kechirish, tintuv, eksperiment yoki boshqa tergov harakatlarini oʻtkazishda uning ishtirokchilari ayni bir vaqtda turli binolarda boʻlishlari yoki bir-birlaridan ancha masofaga uzoqlashishlari, shuningdek, basharti tergov harakatlarini yuritishda bir qancha ishtirokchilarni yoki hozir boʻlgan shaxslarni kuzatish taʼminlanishi lozim boʻlib qolsa, tergov harakatlarini bir necha tergovchi yoki tergovchining oʻzi unga yordam berayotgan surishtiruvchilar bilan amalga oshirishi mumkin. Bunda tergovchilardan biri qolgan tergovchilar, surishtiruvchilar va boshqa tergov harakati ishtirokchilari faoliyati ustidan rahbarlik qiladi.