Sud-tibbiyot eksperti yoki psixiatr-ekspert ayblanuvchining kasalini jinoyat ishini yuritishda uning ishtirok etishini istisno etadigan ogʻir va davomli, lekin davolab boʻladigan kasallik deb topsa, ish boʻyicha dastlabki tergov ayblanuvchi sogʻaygunga qadar toʻxtatiladi. Bunday holda ayblanuvchiga nisbatan tanlangan ehtiyot chorasi tergovchi tomonidan ushbu Kodeksning 236 — 254-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga rioya qilingan holda saqlab qolinishi, oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.