Jinoyat-protsessual kodeksi 381-10-modda. Surishtiruvni tamomlash turlari

Surishtiruv jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisida qaror chiqarish, ayblov dalolatnomasi, ishni tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash yoki taraflarning yarashuvi uchun sudga yuborish toʻgʻrisida qaror chiqarish yoxud amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini tugatish haqida sudga iltimosnoma kiritish toʻgʻrisida taqdimnoma tayyorlash bilan tamomlanadi.