Jinoyat-protsessual kodeksi 381-15-modda. Jinoyat ishi bilan qayta tanishtirish

Surishtiruvchi iltimos qondirilganidan keyin, u kim tomonidan va kimlarning manfaatlari yoʻlida bildirilgan boʻlishidan qatʼi nazar, zarur hollarda bayon qilingan tergov va boshqa protsessual harakatlarni oʻtkazgandan hamda ayblov dalolatnomasini qayta tuzgandan soʻng, ayblanuvchi, himoyachiga, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillariga ayblov dalolatnomasi va jinoyat ishining boshqa materiallari bilan yana tanishib chiqish imkoniyatini beradi.