Jinoyat-protsessual kodeksi 381-4-modda. Surishtiruvchining topshiriqlarini bajarish

Har bir surishtiruvchi oʻz yurituvida boʻlgan jinoyat ishi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining hududida istalgan joyda biror tergov harakatini shaxsan oʻzi bajarishga yoxud uni oʻtkazishni boshqa surishtiruvchiga topshirishga haqlidir. Surishtiruvchining topshirigʻida ijro etuvchi uchun majburiy boʻlgan ijro muddati koʻrsatiladi. Topshiriqni bu muddat ichida ijro etishning iloji boʻlmasa, topshiriq olgan shaxs topshiriq bergan surishtiruvchiga topshiriq qachon bajarilishi mumkinligi toʻgʻrisida yozma ravishda, telegramma yoki telefonogramma orqali xabar qiladi va uning koʻrsatmalariga binoan topshiriqni bajarishni davom ettiradi.