Ushbu Kodeksning 39¹-moddasida sanab oʻtilgan har bir organning rahbarlari tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning boshligʻi sifatida harakat qila turib, tergovga qadar tekshiruvni boshlashga yoki oʻziga boʻysunuvchi boshqa mansabdor shaxsga uni yuritishni topshirishga, jinoyat ishini qoʻzgʻatishga yoki ish qoʻzgʻatishni rad etishga yoxud arizani, xabarni tergovga tegishliligiga koʻra oʻtkazishga haqlidir. Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi mansabdor shaxs zimmasiga tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirishga doir vazifalarni yuklatish tartibi mazkur organ tomonidan belgilanadi. Boshliqning topshirigʻiga binoan va uning rahbarligida ishlayotgan mansabdor shaxs jinoyatning oldini olish yoki uning sodir etilishiga yoʻl qoʻymaslik, dalillarni toʻplash va saqlash, jinoyat sodir etishda gumon qilinganlarni ushlash va yashiringan gumon qilinuvchilarni qidirib topish hamda jinoyat tufayli yetkazilgan mulkiy zararning oʻrni qoplanishini taʼminlash uchun zarur boʻlgan, kechiktirib boʻlmaydigan barcha harakatlarni amalga oshirishi shart. Tergovga qadar tekshiruvni yoki tezkor-qidiruv tadbirlarini amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi zimmasiga tergovchi, surishtiruvchi yuritayotgan ish boʻyicha ayrim protsessual harakatlarni va tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazish toʻgʻrisidagi topshiriqlarini bajarish hamda tergovchiga, surishtiruvchiga protsessual harakatlarni bajarishida koʻmaklashish majburiyati ham yuklatiladi. Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirayotganda, xuddi shuningdek tergovchining, surishtiruvchining topshirigʻini bajarayotganda, ushbu Kodeksda belgilangan qoidalarga amal qilgan holda protsessual harakatlarni amalga oshiradi va qarorlar qabul qiladi. Gumon qilinuvchidan, ayblanuvchidan yoki sudlanuvchidan tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarning mansabdor shaxslari tomonidan arizalar, tushuntirishlar yoki koʻrsatuvlar olish mazkur jinoyat i