Jinoyat-protsessual kodeksi 394-modda. Sudlovga tegishlilik xususida tortishuvga yoʻl qoʻyilmasligi

Sudlovga tegishlilik xususida sudlar oʻrtasida bahs boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda bir suddan boshqa sudga yuborilgan jinoyat ishi albatta koʻrib chiqish uchun qabul qilinishi lozim.