Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, sud taraflarning iltimosiga koʻra yoki oʻz tashabbusi bilan jinoyat ishi boʻyicha dastlabki eshituv oʻtkazadi. Dastlabki eshituv quyidagilar uchun asoslar mavjud boʻlgan taqdirda oʻtkaziladi: 1) jinoyat ishi boʻyicha ish yuritishni toʻxtatib turish; 2) jinoyat ishi boʻyicha ish yuritishni tugatish; 3) jinoyat ishini ayblov dalolatnomasini, ayblov xulosasini yoki tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi qarorni tasdiqlagan prokurorga yuborish; 4) ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda jinoyat ishlarini birlashtirish; 5) nomaqbul dalillarni ishdan chiqarib tashlash toʻgʻrisida taraflardan birining iltimosi mavjud boʻlsa, ushbu dalillarni chiqarib tashlash.