Jabrlanuvchi sud majlisiga kelmasa, sud jabrlanuvchining ishtirokisiz ishdagi barcha holatlarni toʻla aniqlash hamda uning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish mumkin yoki mumkin emasligiga qarab, jinoyat ishini muhokama qilish yoki keyinga qoldirish masalasini hal etadi. Jabrlanuvchi sud majlisiga uzrsiz sabablarga koʻra kelmagan taqdirda sud uni majburiy keltirish haqida ajrim chiqaradi.