Jinoyat-protsessual kodeksi 416-modda. Sudlanuvchini yangi ayblov boʻyicha jinoiy javobgarlikka tortish uchun asoslar aniqlanganda sudning harakatlari

Agar sud tergovi vaqtida sudlanuvchining unga ilgari ayblov qoʻyilmagan jinoyatni sodir etganligini koʻrsatuvchi holatlar aniqlansa, sud yangi ayblov boʻyicha jinoyat ishini qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi masalani hal qilish uchun tegishli materiallarni ilova qilgan holda bu haqda prokurorga xabar qiladi. Yangi ayblov dastlabki ayblov bilan uzviy bogʻliq boʻlgan va ularni alohida-alohida koʻrish imkoniyati boʻlmagan hollarda, sudlanuvchini yangi ayblov boʻyicha jinoiy javobgarlikka tortish asoslarini aniqlash tartibi davlat ayblovini qoʻllab-quvvatlovchi prokurorning yoki jabrlanuvchining, uning vakilining yoxud sudlanuvchining, uning himoyachisining, qonuniy vakilining iltimosnomasiga koʻra amalga oshiriladi. Iltimosnomada ayblovni toʻldirish bilan bogʻliq protsessual harakatlarning oʻtkazilishi zarurati asoslantirilgan boʻlishi kerak. Sud berilgan iltimosnoma boʻyicha uni qanoatlantirish toʻgʻrisida yoki qanoatlantirmasdan qoldirish haqida ajrim chiqaradi. Iltimosnoma qanoatlantirilgan taqdirda, sud ajrimda ayblovni toʻldirish toʻgʻrisidagi masalani hal qilish uchun qanday holatlarga aniqlik kiritilishi lozimligini koʻrsatadi va uning ijrosini ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasini tasdiqlagan prokurorga ijro muddatini bir oygacha doirada koʻrsatgan holda topshiradi. Qoʻshimcha protsessual harakatlar natijalariga koʻra davlat ayblovini qoʻllab-quvvatlovchi prokuror sudga yigʻilgan dalillarni taqdim etadi, ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasiga qoʻshimchani oʻqib eshittiradi hamda uning koʻchirma nusxasini sudlanuvchiga va uning himoyachisiga topshiradi. Sud prokuror tomonidan taqdim etilgan materiallar boʻyicha taraflarning fikrini aniqlaydi va ularni jinoyat ishiga qoʻshib qoʻyish haqida ajrim chiqaradi. Sud sudlanuvchining, uning himoyachisining iltimosnomasi boʻyicha ularning prokuror tomonidan taqdim etilgan qoʻshimcha dalillar va ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasiga qoʻshimcha bilan tanishishga, shuningdek ushbu dalillarga va xulosaga eʼtirozlar t