Agar sud tergovi vaqtida javobgarlikka tortilmagan shaxs tomonidan jinoyat sodir etilganligini koʻrsatuvchi holatlar aniqlansa, sud jinoyat ishini qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi masalani hal qilish uchun tegishli materiallarni ilova qilgan holda bu haqda prokurorga xabar qiladi. Taxmin qilinayotgan jinoyat koʻrilayotgan ish bilan uzviy bogʻliq boʻlgan va bu ishlarni alohida-alohida koʻrish imkoniyati boʻlmagan hollarda, davlat ayblovini qoʻllab-quvvatlovchi prokuror yoki jabrlanuvchi, uning vakilining yoxud sudlanuvchining, uning himoyachisining, qonuniy vakilining iltimosnomasiga koʻra sud boshqa shaxsni ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish uchun asoslarni aniqlash yuzasidan tegishli protsessual harakatlarni bir oygacha boʻlgan muddatda oʻtkazishni ish boʻyicha ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasini tasdiqlagan prokurorga topshirish haqida ajrim chiqaradi. Iltimosnomada boshqa shaxsni ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilish bilan bogʻliq protsessual harakatlarni amalga oshirish zarurati asoslantirilgan boʻlishi kerak. Sud ajrimini ijro etish natijalariga koʻra davlat ayblovini qoʻllab-quvvatlovchi prokuror sudga yangidan tuzilgan ayblov xulosasi yoki ayblov dalolatnomasi yoxud ularga qoʻshimchani taqdim etadi hamda uning koʻchirma nusxasini sudlanuvchiga va uning himoyachisiga topshiradi. Ilgari eʼlon qilingan ayblov boshqa shaxs ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinishi munosabati bilan oʻzgartirilgan taqdirda, sud ishni koʻrishni sud muhokamasining umumiy shartlari boʻyicha qayta tiklaydi. Bunday hollarda sud muhokamasining muddati oʻzgartirilgan yoki toʻldirilgan ayblov boʻyicha ishni sudda koʻrish qayta tiklangan paytdan eʼtiboran hisoblanadi. Ish boʻyicha sud tergovi oʻtkazilayotganda sud sudda ishni yuritish toʻxtatib turilguniga qadar oʻtkazilgan protsessual harakatlarni takroran oʻtkazish zarurligi toʻgʻrisidagi masalani taraflarning fikrini inobatga olgan holda hal qiladi. Prokuror tomonidan ayblov