Sud majlisi bayonnomasi imzolanganidan keyin besh sutka ichida taraflar shu bayonnoma va sud majlisining audioyozuvi yuzasidan oʻz mulohazalarini berishga haqlidirlar. Mulohazalarni raislik qiluvchi koʻrib chiqib, ularga qoʻshilgan taqdirda ularning toʻgʻriligini tasdiqlaydi va sud majlisi bayonnomasiga qoʻshib qoʻyadi. Raislik qiluvchi sud majlisining bayonnomasi yoki audioyozuvi yuzasidan berilgan mulohazalarga qoʻshilmagan taqdirda, bu mulohazalar ushbu ishni koʻrgan sud tarkibi hal etishi uchun kiritiladi. Basharti ishni sudyaning yakka oʻzi koʻrib chiqqan boʻlsa, raislik qiluvchining qarori uzil-kesil hisoblanadi, lekin manfaatdor taraflar bu qaror ustidan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda shikoyat berishi yoki protest bildirishi mumkin.