Jinoyat-protsessual kodeksi 434-modda. Sudlanuvchining shaxsini va unga protsessual hujjatlarning nusxalari topshirilgan vaqtni aniqlash

Raislik qiluvchi sudlanuvchining familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan yili, oyi, kuni va joyini, yashab turgan joyi, mashgʻuloti, maʼlumoti, oilaviy ahvoli va uning shaxsiga daxldor boshqa maʼlumotlarni soʻrab, uning shaxsini aniqlaydi. Soʻngra raislik qiluvchi sudlanuvchidan ayblov xulosasining va ayblov dalolatnomasining nusxasi, shuningdek ushbu Kodeks 388-moddasining ikkinchi qismida sanab oʻtilgan protsessual hujjatlarning nusxalari unga topshirilgan-topshirilmaganligini va aynan qachon topshirilganligini soʻraydi. Bu hujjatlarning nusxalari topshirilmagan yoki sud majlisi boshlanishiga uch sutkadan kam muddat qolganda topshirilgan boʻlsa, ishni muhokama qilish keyinga qoldirilishi lozim.