Jinoyat-protsessual kodeksi 44-modda. Jamoat himoyachisining huquq va majburiyatlari

Sud muhokamasida ishtirok etayotgan jamoat himoyachisi: ish materiallari bilan tanishishga, dalillar taqdim etishga va ularni tekshirishda ishtirok etishga; iltimosnoma berishga; taraflarning muzokaralarida soʻzga chiqib, sudlanuvchini oqlaydigan yoki uning javobgarligini yengillashtiradigan holatlar xususida sudga fikr bildirishga haqlidir. Jamoat himoyachisi: sud muhokamasida ishtirok etishi; jamoat birlashmasi yoki jamoaning fikrini sudda bayon qilishi va ishning sudlanuvchining ahvolini yengillashtiruvchi holatlarini aniqlashga koʻmaklashishi shart.