Jinoyat-protsessual kodeksi 444-modda. Koʻzdan kechirish

Sud koʻzdan kechirishni ushbu Kodeksning 135 — 141-moddalarida nazarda tutilgan talablarga va quyida belgilangan qoidalarga amal qilgan holda oʻtkazadi. Sud surishtiruvda va dastlabki tergovda ishga qoʻshilgan ashyoviy, yozma va raqamli dalillarni, shuningdek taraflar va boshqa shaxslar bevosita sud muhokamasida taqdim etgan narsalarni, hujjatlarni va elektron maʼlumotlarni sud majlisi zalida taraflarning ishtirokida koʻzdan kechiradi. Sud koʻzdan kechirishda ishtirok etishga ekspertlarni, mutaxassislarni, guvohlarni ham jalb etishi mumkin. Sud joy, binolar, inshootlar, xonalarni, shuningdek sud majlisi zaliga keltirib boʻlmaydigan transport vositalari va boshqa obyektlarni ular turgan joyga borib ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan shaxslar ishtirokida koʻzdan kechiradi.