Jinoyat-protsessual kodeksi 46-modda. Ayblanuvchining huquq va majburiyatlari

Ayblanuvchi: oʻzining nimada ayblanayotganligini bilish; qamoqqa olinganligi va turgan joyi toʻgʻrisida advokatga yoki yaqin qarindoshiga telefon orqali qoʻngʻiroq qilish yoxud xabar berish; himoyachiga ega boʻlish hamda uchrashuvlarning soni va davom etish vaqti cheklanmagan holda u bilan xoli uchrashish, ushbu Kodeks 230-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno; oʻziga qoʻyilgan ayblov yuzasidan hamda ishning boshqa har qanday holatlari boʻyicha koʻrsatuvlar berish yoxud koʻrsatuvlar berishdan bosh tortish va koʻrsatuvlaridan jinoyat ishiga doir dalillar sifatida uning oʻziga qarshi foydalanilishi mumkinligi haqida xabardor boʻlish; oʻz ona tilidan hamda tarjimon xizmatidan foydalanish; oʻzining himoyalanish huquqini shaxsan oʻzi amalga oshirish; iltimosnoma berish va rad qilish; dalillar taqdim etish; surishtiruvchi yoki tergovchining ruxsati bilan tergov harakatlarida ishtirok etish; surishtiruv yoki dastlabki tergov tamom boʻlganidan soʻng ishning barcha materiallari bilan tanishib chiqish hamda undan zarur maʼlumotlarni yozib olish, materiallar va hujjatlardan texnika vositalari yordamida oʻz hisobidan koʻchirma nusxalar olish yoki ulardagi maʼlumotlarni oʻzga shaklda qayd etish; jinoyat ishining surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror tomonidan tugatilganligiga qarshi eʼtiroz bildirish hamda sud muhokamasi oʻtkazilishini talab qilish; sud tomonidan ish boʻyicha dastlabki eshituv oʻtkazilayotganda ishtirok etish, yarashuv toʻgʻrisidagi, amnistiya aktini qoʻllash haqidagi ishlar boʻyicha, birinchi instansiya va apellyatsiya instansiyasi sudining majlislarida, sudning ruxsati bilan esa, kassatsiya va taftish instansiyasi sudining majlislarida ishtirok etish; surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning harakatlari hamda qarorlari ustidan shikoyatlar berish; sud majlisining bayonnomasi bilan tanishish hamda u haqda oʻz mulohazalarini bildirish; ish boʻyicha keltirilgan protestlar, apellyatsiya, kassatsiya va taftish shikoyatlaridan x