Jinoyat-protsessual kodeksi 469-modda. Oqlov hukmining tavsif qismi

Oqlov hukmining tavsif qismida quyidagilar koʻrsatiladi: sudlanuvchiga qoʻyilgan ayblovning mohiyati; sud aniqlagan ish holatlari; sudlanuvchining aybsizligi toʻgʻrisidagi sud xulosasini tasdiqlovchi dalillar; sudlanuvchining jinoyat sodir etishda aybi bor deb daʼvo qilishga asos boʻlgan dalillarni sud nima uchun ishonarli emas yoki yetarli emas deb hisoblashi yoki nima uchun sud jinoiy hodisaning oʻzi yuz bermagan yoxud sudlanuvchi sodir etgan qilmishni jinoyat emas deb hisoblashi; fuqaroviy daʼvoga oid qarorning asoslari.