Jinoyat-protsessual kodeksi 479-modda. Sud qarorlari ustidan shikoyat berish va protest bildirish huquqi hamda uning taʼminlanishi

Ushbu Kodeksning 497² , 499 va 511-moddalarida nazarda tutilgan protsess ishtirokchilari birinchi instansiya sudining hukmi va ajrimi ustidan belgilangan tartibda apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida shikoyat berishga yoki protest bildirishga, shuningdek taftish tartibida shikoyat (iltimosnoma) berishga yoxud protest bildirishga haqlidir. Bunda ular oʻz vajlarini tasdiqlash uchun qoʻshimcha materiallarni taqdim etishi mumkin. Apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish tartibida shikoyat yoki protest tushganligi toʻgʻrisida sud ushbu shikoyat yoki protest kimning manfaatlariga taalluqli boʻlsa, oʻsha protsess ishtirokchilarini uch sutka ichida xabardor qiladi va bir vaqtning oʻzida ularga ushbu hujjatlarning koʻchirma nusxalarini pochta orqali yoxud hukm, ajrim chiqargan sudning internet-resursi orqali yuboradi. Bunda taraflarga ularning shikoyatga, protestga doir eʼtirozlarini yozma shaklda yoxud elektron hujjat tarzida berish huquqi, eʼtirozlarni taqdim etish muddati koʻrsatilgan holda, tushuntiriladi. Shikoyat, protest yuzasidan kelib tushgan eʼtirozlar jinoyat ishi materiallariga qoʻshib qoʻyiladi. Protsess ishtirokchilari ish bilan, shu jumladan qoʻshimcha taqdim etilgan materiallar bilan tanishishga va sudga oʻz eʼtirozlarini xabar qilishga haqlidir. Apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish tartibida shikoyat yoki protest bergan shaxs, shuningdek shikoyat yoki protest kimning manfaatlariga taalluqli boʻlsa, oʻsha protsess ishtirokchilari ish apellyatsiya, kassatsiya yoxud taftish tartibida koʻriladigan vaqt va joy toʻgʻrisida sud tomonidan xabardor qilinadi. Mahkum, oqlangan shaxs, jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari ishni apellyatsiya instansiyasida koʻrish chogʻida ishtirok etishga haqlidir. Mazkur shaxslar ishni kassatsiya yoki taftish tartibida koʻrish chogʻida ham ishtirok etishga haqli, bundan jazoni ijro etish muassasasida boʻlgan yoki ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni oʻtayotgan mahkum mustasno. Jazoni ijro etish mu