Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi va jinoyat ishini taftish tartibida koʻrib chiqayotgan sud ish shikoyat yoki protest bilan kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn besh sutkadan kechiktirmay ishni koʻrib chiqishga kirishishi kerak. Ish oʻta murakkab boʻlgan taqdirda va boshqa alohida hollarda tegishli sud raisi bu muddatni koʻpi bilan bir oyga uzaytirishi mumkin, bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan holatlar mustasno. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati jinoyat ishi shikoyat yoki protest bilan birga kelib tushgan kundan eʼtiboran bir oydan kechiktirmay ishni koʻrib chiqishga kirishishi kerak. Ish oʻta murakkab boʻlgan taqdirda va boshqa alohida hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi yoki uning oʻrinbosari bu muddatni koʻpi bilan ikki oyga uzaytirishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosati jinoyat ishi protest bilan birga kelib tushgan kundan eʼtiboran bir oydan kechiktirmay ishni koʻrib chiqishga kirishishi kerak. Ish oʻta murakkab boʻlgan taqdirda va boshqa alohida hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi bu muddatni koʻpi bilan ikki oyga uzaytirishi mumkin. Jinoyat ishini koʻrish muddati uzaytirilganligi toʻgʻrisida protsessning manfaatdor ishtirokchilari xabardor qilinishi kerak. Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi va ishni taftish tartibida koʻrib chiqayotgan sud tomonidan jinoyat ishini koʻrib chiqish davomiyligi uni koʻrib chiqish boshlangan kundan eʼtiboran uch oydan oshmasligi kerak. Mazkur muddat ish murakkab boʻlgan yoki uning hajmi katta boʻlgan, shuningdek boshqa uzrli sabablar mavjud boʻlgan taqdirda, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudining va ishni taftish tartibida koʻrib chiqayotgan sudning ajrimiga koʻra koʻpi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin, bundan ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati va Rayosati tomonidan taftish tartibida koʻri