Jinoyat-protsessual kodeksi 497-18-modda. Taraflarning muzokaralari va sudlanuvchining oxirgi soʻzi

Sud muzokaralari ushbu Kodeksning 449-moddasi qoidalari asosida oʻtkaziladi, bunda shikoyat, protest bergan shaxs birinchi boʻlib soʻzga chiqadi. Taraflarning muzokaralari tamom boʻlganidan keyin raislik qiluvchi sudlanuvchiga, agar u sud majlisida ishtirok etayotgan boʻlsa, oxirgi soʻz beradi, shundan keyin sud qaror chiqarish uchun maslahatxonaga kiradi.