Jinoyat-protsessual kodeksi 497-2-modda. Hukm ustidan apellyatsiya tartibida shikoyat berish va protest bildirish huquqiga ega boʻlgan shaxslar

Mahkum, uning himoyachisi, qonuniy vakili, shuningdek jabrlanuvchi, uning vakili sudning qonuniy kuchga kirmagan hukmi ustidan shikoyat berishga, prokuror va uning oʻrinbosari esa, protest bildirishga haqlidir. Fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari hukmning fuqaroviy daʼvoga daxldor qismi ustidan shikoyat berishga haqlidir. Sud tomonidan oqlangan shaxs, uning himoyachisi va qonuniy vakili hukmning oqlash sabablari hamda asoslariga doir qismi ustidan shikoyat berishga haqlidir. Ishda taraf boʻlmagan shaxslar ham sud hukmining oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor qismi ustidan apellyatsiya tartibida shikoyat berishga haqlidir.