Birinchi instansiya sudining hukmlari, ajrimlari, agar ular apellyatsiya tartibida koʻrilmagan boʻlsa, kassatsiya tartibida qayta koʻrilishi mumkin. Birinchi instansiya sudining sud muhokamasi davomida chiqarilgan ajrimlari ustidan hukm bilan bir vaqtda kassatsiya tartibida shikoyat berilishi va protest bildirilishi mumkin.