Agar ayrim mahkumlarga taalluqli kassatsiya shikoyati yoki protesti kassatsiya instansiyasi sudiga biror-bir sababga koʻra boshqa mahkumlarga taalluqli jinoyat ishi koʻrib boʻlinganidan keyin kelib tushsa, shuningdek, agar mahkumning, uning himoyachisining yoki qonuniy vakilining kassatsiya shikoyati, ushbu mahkumga taalluqli ish protsessning boshqa ishtirokchisining kassatsiya shikoyati yoki protesti boʻyicha koʻrib chiqilganidan soʻng kelib tushgan boʻlsa, kassatsiya instansiyasi sudi bunday shikoyatni yoki protestni koʻrib chiqishi va u boʻyicha ajrim chiqarishi shart. Agar ishni qoʻshimcha tarzda koʻrish chogʻida kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan chiqarilgan ajrim ilgari chiqarilgan ajrimga zid boʻlsa, ish protest bildirish masalasini hal qilish uchun taftish tartibida protest bildirish vakolatiga ega boʻlgan prokurorga yuboriladi. Jinoyat ishini qoʻshimcha tarzda koʻrish tartibi kechikib kelgan xususiy shikoyatlarga va xususiy protestlarga nisbatan ham taalluqlidir.