Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatiga taftish tartibida protest (xususiy protest) bildirish toʻgʻrisidagi iltimosnomada quyidagilar koʻrsatilishi kerak: 1) iltimosnoma yuborilayotgan tegishli vakolatli shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi; 2) iltimosnoma bergan shaxs, uning protsessual mavqeyi, yashash joyi yoki turgan joyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; 3) sud ishining raqami, birinchi instansiya, apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudining nomi, hukm, ajrim chiqarilgan sana; 4) iltimosnoma bergan shaxsning fikriga koʻra hukmning, ajrimning notoʻgʻriligi va uning iltimosining mohiyati nimadan iborat ekanligiga doir vajlari, sudga qadar ish yuritishni yoki sud muhokamasini amalga oshirish chogʻida qaror qabul qilinishiga taʼsir koʻrsatgan Jinoyat kodeksining va ushbu Kodeksning qaysi normalari buzilganligi toʻgʻrisidagi vajlari, shuningdek uning iltimosnomasining mazmuni; 5) iltimosnoma bergan shaxs oʻz talablarini asoslayotgan dalillar; 6) iltimosnomaga ilova qilinayotgan materiallar roʻyxati; 7) iltimosnoma berilgan sana, uni bergan shaxsning imzosi.