Jinoyat-protsessual kodeksi 532-modda. Hukmni ijro etish bosqichida mahkumning huquqlari

Hukmni ijro etish bosqichida mahkum: sudga hukmning ijrosini kechiktirish haqida, kasalligi yoki nogironligi tufayli jazoni oʻtashdan ozod qilish haqida, jazoning oʻtalmay qolgan qismini yengilroq jazo bilan almashtirish va muddatidan oldin shartli ozod qilish haqida, jazoni ijro etish joylarida saqlash sharoitlarini oʻzgartirish va ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa masalalar boʻyicha arizalar berishga; sud majlisida ishtirok etishga va koʻrsatuvlar berishga, dalillar taqdim qilishga, iltimoslar qilishga va rad etishga; ishdagi barcha materiallar bilan tanishishga, sudning harakatlari va qarorlari ustidan shikoyatlar berishga haqli.