Jinoyat-protsessual kodeksi 54-modda. Jabrlanuvchi

Jinoyat, xuddi shuningdek aqli noraso shaxsning ijtimoiy xavfli qilmishi shaxsga maʼnaviy, jismoniy yoki mulkiy zarar yetkazgan deb hisoblash uchun dalillar boʻlgan taqdirda, bunday shaxs jabrlanuvchi deb eʼtirof etiladi. Jabrlanuvchi deb eʼtirof etish haqida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Jabrlanuvchi voyaga yetmagan yoki belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb eʼtirof etilgan shaxs boʻlsa, ishda u bilan birgalikda yoki uning oʻrniga qonuniy vakili ishtirok etadi.