Jinoyat-protsessual kodeksi 542-modda. Hukmni, ajrimni va qarorni ijro etish bilan bogʻliq masalalarni hal qilish tartibi

Hukmni, ajrimni va qarorni ijro etish toʻgʻrisidagi masalalar sudya tomonidan prokuror hamda mahkum ishtirokida, ushbu Kodeks 613-moddasining beshinchi qismida nazarda tutilgan hollarda esa mahkum yoki oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasi qoʻllanilgan shaxs ishtirokisiz sud majlisida hal qilinadi. Mahkumning ushbu Kodeks 532-moddasida nazarda tutilgan huquqlari taʼminlanadi. Sudya voyaga yetmagan, shuningdek jismoniy nuqsonlari boʻlgan yoki ruhiy holati buzilgan mahkumlarga doir hukmlarni ijro etish bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqayotganida himoyachi ishtirok etishi shart. Jazoni ijro etish muassasasi hududini yoki maʼmuriyatning yoʻllanmasi boʻyicha oʻzi turishi lozim boʻlgan boshqa joyni oʻzboshimchalik bilan tashlab ketgan mahkumni manzil-koloniyadan boshqa tartibli koloniyaga oʻtkazish toʻgʻrisidagi masala prokurorning iltimosnomasiga binoan koʻrib chiqiladi. Mahkumning sudda hozir boʻlishini taʼminlash imkoniyati boʻlmagan taqdirda mazkur masala sud tomonidan mahkumning ishtirokisiz koʻrib chiqiladi. Bunda mahkumni qamoqqa olish va unga nisbatan qidiruv eʼlon qilish haqidagi masala sud tomonidan hal qilinishi kerak. Jarima jazosiga, axloq tuzatish ishlariga yoki ozodlikni cheklashga hukm qilingan shaxs jarima jazosini, axloq tuzatish ishlarini va ozodlikni cheklashni jazoning boshqa turlari bilan almashtirish toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqilishi uchun sudga uzrsiz sabablarga koʻra kelmagan taqdirda, jazoni ijro etuvchi organning taqdimnomasi mahkum yoʻqligida koʻrib chiqilishi mumkin. Jarima, majburiy jamoat ishlari yoki axloq tuzatish ishlari ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan, shuningdek ozodlikni cheklash ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan almashtirilgan taqdirda sud mahkumga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash va qidiruv eʼlon qilish toʻgʻrisidagi masalani hal qilishi kerak. Agar masala hukmning fuqaroviy daʼvo toʻgʻrisidagi qismini ijro etishga taalluqli boʻlsa, sud majlisiga fuqaroviy daʼvogar, fuqarovi