Jinoyat-protsessual kodeksi 543-modda. Sinov muddati toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish

Sudya shartli hukm qilingan shaxsning sinov muddatini qisqartirish bilan bogʻliq boʻlgan masalalarni koʻrib chiqayotganida sud majlisiga ana shu shaxslarning xulq-atvori ustidan nazorat olib boruvchi organlarning, shuningdek mahkumni kuzatib turuvchi va u bilan tarbiyaviy ish olib boruvchi jamoat birlashmasi yoki jamoaning vakillari taklif etiladi.