Surishtiruv, dastlabki tergov harakatlari va sud muhokamasi davrida voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlar boʻyicha, ushbu Kodeksning 82 — 84-moddalarida koʻrsatilgan holatlardan tashqari, quyidagilar isbotlanishi lozim: 1) voyaga yetmagan ayblanuvchining aniq yoshi (tugʻilgan yili, oyi, kuni); 2) voyaga yetmaganning shaxsiga xos xususiyatlar va uning salomatligi holati; 3) uning turmush va tarbiyalanish sharoitlari; 4) katta yoshli dalolatchilar va boshqa ishtirokchilarning bor yoki yoʻqligi.