Voyaga yetmagan sudlanuvchining himoyachisi, qonuniy vakili, shuningdek prokurorning fikrini eshitib, voyaga yetmagan shaxsga salbiy taʼsir etishi mumkin boʻlgan holatlar tekshirilayotganda sud oʻz ajrimi bilan uni sud zalidan chiqarib turishga haqli. Voyaga yetmagan shaxs sud zaliga qaytarilganidan soʻng raislik qiluvchi unga yoʻqligida boʻlib oʻtgan muhokama mazmunini yetarli hajmda va shaklda maʼlum qiladi va uning yoʻqligida soʻroq qilingan shaxslarga savol berishi uchun voyaga yetmaganga imkoniyat yaratib beradi.