Jinoyat-protsessual kodeksi 562-modda. Bolalar masalalari boʻyicha komissiyaga ishning koʻrilishi haqida xabar berish

Sud, zarurat boʻlganda, voyaga yetmagan shaxsning jinoyati toʻgʻrisidagi ishni koʻrish vaqti va joyi haqida bolalar masalalari boʻyicha komissiyaga xabar beradi. Sud, shuningdek bu komissiya vakillarini guvoh sifatida soʻroq qilish uchun sud majlisiga chaqirishga haqlidir.