Basharti gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining ruhiy holati buzilganligi yoki boshqa ogʻir kasalligi ambulatoriya ekspertizasi xulosasi yoki boshqa tibbiy hujjatlar bilan tasdiqlangan boʻlsa va qanday kasallikka duchor boʻlganligini aniqlash, aqli rasoligi, muomalaga layoqatliligi masalasini hal etish, shuningdek tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini tanlash uchun statsionar ekspertiza oʻtkazilayotgan boʻlsa, shaxs tibbiy muassasaga joylashtirilgan davrda, basharti boshqa protsessual harakatlarni oʻtkazishga hojat boʻlmasa, ishni yuritish toʻxtatib turilishi mumkin. Ishni yuritishning toʻxtatib turilishi ayblanuvchini qamoqda saqlash va shaxsning tibbiy muassasada boʻlishiga oid qonunda belgilangan muddatlar oʻtishini toʻxtatmaydi.