Jinoyat-protsessual kodeksi 620-modda. Berilgan shaxsga nisbatan sud hukmini bekor qilish yoki oʻzgartirish, shuningdek tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllashni tugatish yoki oʻzgartirish toʻgʻrisidagi xabarnoma

Xorijiy davlatga jazoni oʻtashni davom ettirish uchun berilgan shaxsga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi sudining hukmini yoki majburiy davolashni davom ettirish uchun berilgan shaxsga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi sud ajrimi bekor qilingan yoki oʻzgartirilgan taqdirda, shuningdek ularga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasida amnistiya akti yoxud afv etish qoʻllanilgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xorijiy davlatning vakolatli organiga tegishli qarorning koʻchirma nusxasini yuboradi.