Murojaatlar arizalar, takliflar va shikoyatlar tarzida boʻlishi mumkin. Ariza — huquqlarni, erkinliklarni va qonuniy manfaatlarni amalga oshirishda yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi iltimos bayon etilgan murojaat. Taklif — davlat va jamiyat faoliyatini takomillashtirishga doir tavsiyalarni oʻz ichiga olgan murojaat. Shikoyat — buzilgan huquqlarni, erkinliklarni tiklash va qonuniy manfaatlarni himoya qilish toʻgʻrisidagi talab bayon etilgan murojaat. Murojaatlar, ularning turi va shaklidan qatʼi nazar, bir xil ahamiyatga ega.