Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 106-modda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga oʻttiz besh yoshdan kichik boʻlmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, bevosita saylovgacha kamida 10 yil Oʻzbekiston hududida muqim yashayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi saylanishi mumkin. Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti boʻlishi mumkin emas. Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari tomonidan umumiy, teng va toʻgʻridan-toʻgʻri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yoʻli bilan yetti yil muddatga saylanadi. Oʻzbekiston Respublikasining Prezidentini saylash tartibi qonun bilan belgilanadi.