Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 122-modda

Xalq deputatlari Kengashlarining vakolatlari quyidagilardan iborat: 1) tegishli mahalliy budjetlarni koʻrib chiqish va qabul qilish, ularning ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish; 2) hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholini ijtimoiy himoya qilish dasturlarini tasdiqlash; 3) hokimni lavozimga tasdiqlash, uning faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotlarni eshitish; 4) ushbu Konstitutsiya va qonunlarda nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshirish.