Viloyat, tuman va shahar hokimi oʻz vakolatlarini yakkaboshchilik asosida amalga oshiradi hamda oʻzi rahbarlik qilayotgan organlarning qarorlari va harakatlari uchun shaxsan javobgar boʻladi. Viloyat, tuman va shahar hokimi tegishli xalq deputatlari Kengashiga viloyatni, tumanni, shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan hisobotlar taqdim etadi, ushbu hisobotlar boʻyicha xalq deputatlari Kengashi tomonidan tegishli qarorlar qabul qilinadi.