Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 148-modda

Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti respublika budjetidan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetidan va mahalliy budjetlardan iboratdir. Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetini shakllantirish hamda ijro etish tartib-taomillari ochiqlik va shaffoflik prinsiplari asosida amalga oshiriladi. Fuqarolar va fuqarolik jamiyati institutlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining shakllantirilishi hamda ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi. Fuqarolarning hamda fuqarolik jamiyati institutlarining budjet jarayonida ishtirok etishi tartibi va shakllari qonun bilan belgilanadi.