Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 154-modda

Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati aʼzolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat koʻpchiligi tomonidan qabul qilingan konstitutsiyaviy qonun yoki Oʻzbekiston Respublikasining referendumi bilan kiritiladi. Ushbu Konstitutsiya 1-moddasining va ushbu modda ikkinchi qismining qoidalari qayta koʻrib chiqilishi mumkin emas. Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi konstitutsiyaviy qonunda uning normalarini, shuningdek Konstitutsiyaning normalarini qoʻllashning oʻziga xos xususiyatlari nazarda tutilishi mumkin.