Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 56-modda

Inson huquqlari boʻyicha milliy institutlar inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishning mavjud shakllari hamda vositalarini toʻldiradi, fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga va inson huquqlari madaniyatini yuksaltirishga koʻmaklashadi. Davlat inson huquqlari boʻyicha milliy institutlar faoliyatini tashkil etish uchun shart-sharoitlar yaratadi.