Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 90-modda

Oʻzbekiston Respublikasi bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasining oʻzaro munosabatlari Oʻzbekiston Respublikasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi doirasida tuzilgan shartnomalar hamda bitimlar bilan tartibga solinadi. Oʻzbekiston Respublikasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi oʻrtasidagi nizolar murosaga keltiruvchi vositalar yordamida hal etiladi.