Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida 16-modda. Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish

Davlat organlari va boshqa tashkilotlar korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻradi, shu jumladan korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga doir tushuntirish ishlarini amalga oshirish, huquqiy tarbiya va taʼlimni, ilmiy-amaliy tadbirlarni tashkil etish, oʻquv-uslubiy va ilmiy adabiyotlarni ishlab chiqish yoʻli bilan zarur chora-tadbirlar koʻradi.