Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida 18-modda. Taʼlim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy taʼlim va tarbiya

Taʼlim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy taʼlim va tarbiya belgilangan davlat taʼlim standartlariga muvofiq amalga oshiriladi. Davlat taʼlimni boshqarish organlari va taʼlim muassasalari korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlarini inobatga olgan holda taʼlim muassasalarida huquqiy taʼlim va tarbiyaga, mutaxassislarni kasbiy tayyorlashning sifatini oshirishga, taʼlim dasturlarini doimiy ravishda takomillashtirib borishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi.