Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida 19-1-modda. Korrupsiyaga oid xavf-xatarlarni aniqlash va baholash

Davlat organlari va tashkilotlari oʻzining korrupsiyaga oid xavf-xatar darajasi yuqori boʻlgan vazifalari hamda funksiyalarini aniqlaydi, korrupsiyaga oid xavf-xatar yuqori boʻlgan lavozimlar roʻyxatini shakllantiradi va korrupsiyaga oid xavf-xatarlarni bartaraf etish boʻyicha aniq va tizimli chora-tadbirlar ishlab chiqadi, shuningdek aniqlangan xavf-xatarlarni minimallashtirish maqsadida majburiy ravishda korrupsiyaga oid xavf-xatarlarni baholash ishlarini amalga oshiradi. Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi korrupsiyaga oid xavf-xatarlarni baholash ishlarini amalga oshirishda davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi. Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida korrupsiyaga oid xavf-xatarlarni aniqlash va baholash uslubiyoti Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.