Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida 19-modda. Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar

Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar quyidagilardan iborat: davlat organlari faoliyatining ochiqligini va ularning hisobdorligini taʼminlash, davlat boshqaruvi tizimining samaradorligini oshirish, davlat organlarining, ular mansabdor shaxslarining va boshqa xodimlarining oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishi yuzasidan masʼuliyatini kuchaytirish; korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat organlarining faoliyati ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish; davlat organlarining va ular xodimlarining faoliyatida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga yoʻl qoʻymaslik; davlat organlarining mansabdor shaxslari va boshqa xodimlari tomonidan oʻz mansab yoki xizmat majburiyatlarining bajarilishi samaradorligi mezonlarini, standartlarini va uning sifatini baholash tizimlarini joriy etish; davlat organlari xodimlarining kasbiy hamda xizmatdan tashqari faoliyatdagi odob-axloqining yagona prinsiplari va qoidalarini belgilovchi odob-axloq qoidalarini samarali amalga oshirish; davlat organlari xodimlari manfaatlarining toʻqnashuvini hal qilishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish, ularga rioya etilishi yuzasidan monitoring oʻtkazilishini taʼminlash; davlat organlari xodimlarining huquqiy maqomini belgilash, xizmatni oʻtashning shaffof tartibini oʻrnatish, shaxsiy va kasbiy sifatlar, ochiqlik, begʻarazlik, adolatlilik va xolislik prinsiplari asosida tanlov boʻyicha saralash hamda xizmatda koʻtarilish tizimini joriy etish; davlat organlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi, murojaatlarning toʻliq, xolisona va oʻz vaqtida koʻrib chiqilishi, ular tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlari, erkinliklarini tiklash hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha oʻz vakolatlari doirasida choralar koʻrilishi ustidan nazoratni taʼminlash; davlat organlari faoliyatida korrupsiyaning oldini olishga doir tadbirlarnin