Davlat xaridlarini amalga oshirish sohasida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar quyidagilardan iborat: davlat xaridlarini amalga oshirish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi axborotning shaffofligi va ochiqligini taʼminlash; adolatli raqobatni va qarorlar qabul qilish chogʻida xolisona mezonlardan foydalanilishini taʼminlash; ichki nazoratning samarali tizimini, shuningdek davlat xaridlarini oʻtkazish natijalari yuzasidan shikoyat qilish va nizolashishning samarali tartib-taomilini yaratish; davlat elektron savdolarining samarali ishlashini taʼminlash. Qonunchilikda davlat xaridlarini amalga oshirish sohasida korrupsiyaning oldini olishga doir boshqa chora-tadbirlar ham nazarda tutilishi mumkin.