Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida 31-modda. Axborot olish

Har kim davlat organlarining tashkil etilishi va faoliyat koʻrsatishi toʻgʻrisida, shu shaxsning oʻziga yoki shaxslar guruhiga taalluqli boʻlgan hujjatlarning qabul qilinish jarayonlari haqida axborot olish huquqiga ega. Davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlar korrupsiya bilan bogʻliq boʻlgan, jamiyat uchun ahamiyatga molik voqealar, faktlar, hodisalar va jarayonlar toʻgʻrisidagi xabarlarni qonunchilikda belgilangan tartibda ommaviy axborot vositalariga taqdim etadi. Axborot olish faqat qonunga muvofiq cheklanishi mumkin.